YEVROPA IQTISODIY UYUSHMASI

YEVROPA IQTISODIY UYUSHMASI – 1957-yilda G’arbiy Yevropadagi 6 ta davlat: Fransiya, Italiya, Germaniya, Niderlandiya, Belgiya va Lyuksemburg davlatlari o’rtasida boj chegaralarini yo’qotish va “Umumiy bozor” barpo etish maqsadida tuzilgan iqtisodiy uyushma. 1973-yilda unga Buyuk Britaniya, Daniya va Irlandiya, 1981-yilda Gretsiya, 1986-yilda Ispaniya va Portugaliya ham a’zo bo’ lib kirdi. Bu uyushmani tuzishdan ko’zlangan maqsad boj ittifoqi va uyushmaga kirgan davlatlar o’rtasida tovar, kapital, xizmatlar va ishchi kuchining Umumiy bozorini tashkil etishdan iborat. Shuning uchun ham u “Umumiy bozor” nomini oldi. YEIUning tashkil etilishi G’arbiy Yevropa markazining rivojlanishini tezlashtirdi.