Yirtqichlar

Yirtqichlar – sut emizuvchilar turkumi. Asosan, go’shtxo’r, kamdan-kam boshqa narsalarni ham yeydi. Yer yuzining hamma joyida uchraydi. Ko’pchiligi qimmatbaho teri, ba’zilari yuqumli kasalliklar manbai. Ayrimlari chorvachilikka zarar yetkazadi. Qizil kitobga kiritilgan turlari ham bor.