YODGORLIK

YODGORLIK — 1) keng ma’noda — mamlakat, xalq madaniy merosining bir bo’lagi; uning tarkibiga muzeylarda namoyish etiladigan tarixiy va madaniy yodgorliklar hamda qo’zg’almas (bino va boshqalar) Yodgorliklar kiradi. Umumiy xususiyatlariga ko’ra, arxeologik, tarixiy, me’moriy va mahobatli san’at Yodgorliklariga bo’linadi, shuningdek, tarixiy badiiy qimmatga ega bo’lgan yozma Yodgorliklar ham unga taalluqlidir. Tarixiy va madaniy Yodgorliklarni saqlash vazifasi umumdavlat ahamiyatiga ega bo’lib, u ma’naviy tarbiyaning asosiy qismini tashkil kidali; 2) tor ma’noda — ma’lum sana, voqea va shaxslarni abadiylashtirish maqsadida yaratilgan san’at asari (xaykal, maqbara, qabrtoshi, ehrom, zafar toki va hokazolar); ularga faol ijtimoiy ta’sir etish xos bo’lib, bu ularning g’oyasida, qo’yilishi va shakliy talqinida namoyon bo’ladi. Yodgorlik umum omma diqqatiga mo’ljallangan hamda atrof muhitni shakllantirishda muhim rol o’ynaydi. Qadimgi kishilik jamoalarida yaratilgan dafn inshootlari (megalit va qo’rg’onlar), keyinroq Obelisk, ehrom va hokazolar Yodgorlikning ilk namunalaridir. Keyingi davrlarda maqbara va qabrtoshlar ko’pincha Yodgorlik vazifasini o’tagan, ularda dafn va liniy vazifadan ko’ra memorial Yodgorlik vazifasi ustunlik qilgan. Mujassamotli Yodgorliklar antik san’atda yaratila boshlangan: ma’joziy yoki portret, haykal va haykallar guruhi, chavandozlar haykallari, stela, zafar toki va zafar ustunlari qatori va boshqalar. Yodgorliklar muqaddas qisoblangan joylarda, miloddan avvalgi 6 asrdan shahar markazlarida bunyod etilgan. Ko’p mamlakatlarda ulug’ ishlar diniy inshootlarda abadiylashtirilgan. Dunyoviy Yodgorliklar yaratish an’anasi Italiyada Uyg’onish davrida vujudga kelgan. Barokko va klassisizm davrida shaharsozlikda muhim o’rin tutgan, ampir davrida me’moriy Yodgorlik barpo etish keng tarqalgan. 18 asr 2-yarmidan jamoat arboblari va buyuk shaxslarga yo. o’rnatila boshlandi, 19-asr oxiri va 20-asr boshida bir qator yirik ko’lami bilan diqqatga sazovor monumentlar yuzaga keldi. 20 asrda me’moriy va me’moriy haykaltaroshlik Yodgorlik majmua (memorial inshoot) lari alohida dolzarbligi bilan ahamiyat kasb etdi. Ma’joziy va portret shakllaridan xoli mayda me’moriy shakllarga yaqin yangi tasviriy bo’lmagan Yodgorlik turi paydo bo’ldi, Yodgorliklar mamlakat tarixiy solnomasining obrazli talqinini hosil qildi. Dastlab shakl jihatdan kichik bo’lgan Yodgorliklar dastgoh haykaltaroshligiga yaqin bo’lgan, 30 yillardan shahar ansambli va atrof muhit manzarasi bilan uyg’unlikni yuzaga keltiradigan mahobatli qo’shimcha obrazlar yordamida asosiy g’oyani ifodalovchi ko’p shaklli mujassamotli Yodgorlik yaratila boshlandi.