YOG’LARNI GIDROGENLASH

YOG’LARNI GIDROGENLASH – glitserin va to’yinmagan yog’kislotalarning murakkab efirlariga kataliz yo’li bilan vodorod biriktirish. Yog’larni gidrogenlash usulini rus olimlari Norman va S. A. Fokinlar 1902-1903 yillarda taklif etishgan. Birinchi marta 1908 yilda Rossiyada sanoatda qo’llanilgan. Qotirilgan yog’lar (salomas) olish uchun dengiz hayvonlari va baliqlarning suyuq yog’lari va o’simlik moylari gidrogenlanadi, so’ngra ular fizik-kimyoviy xossalariga qarab margarin, ovqatbop yog’ va boshqa ishlab chiqarishda hamda texnik maqsadlar (sovun, stearin va izolyasiya materiallari ishlab chiqarish) da qo’llaniladi. To’yinmagan birikmalarning to’yinishi, shuningdek, izomerlanishi tufayli Yog’larni gidrogenlash jarayonida yog’qotadi. Avtoklavlarda 220° temperatura va 0,2 MPa bosim ostida gidrogenlab ovqatbop yog’lar, 190-250° temperatura va 1,5— 2,0 MPa bosim ostida texnik yog’lar olinadi.