Yo’l-qurilish materiallari

Yo’l-qurilish materiallari – avtomobil yo’llari va maydonlar qurilishida qo’llaniladi. Yo’l qurilish materiallariga tuproqli, keramik va toshli, organik va mineral bog’lovchi moddalar, betonlar va ularga asoslangan mahsulotlar kiradi. Yo’l qurilishida polimer materiallar, asosan, plyonka hosil qiluvchi himoya qoplamalar va tuproqlarga mustahkamlovchi qo’shimchalar sifatida ishlatiladi.