YO’LAK

YO’LAK — tor yo’l, ko’cha eshigi, darvozaxona bilan hovli, ichkari binolar orasidagi o’tish yo’li. Binolar orasida usti ochiq, ba’zan usti berk bo’lishi mumkin. Usti berk keng Yo’lak dalon ko’rinishini oladi.