YOLLANMA MEHNAT
YOLLANMA MEHNAT — yollanma xodimlar mehnati. Yollanma mehnat bozor iqtisodiyotida amal qiladigan mehnat bozoriaa oldisotdi qilinadigan asosiy tovar hisoblanadi. Ish beruvchilar (tadbirkor, korxona, tashkilot) va ish kuchi egasi (yollanuvchi) o’rtasida ma’lum muddatga yoki aniq bir ishni bajarish uchun mehnat sharoitlari va to’lanadigan haq to’g’risida yozma ravishda shartnoma tuziladi. Bunday shartnoma vaqtincha — sinov muddati bn, ma’lum bir davrga yoki muddati belgilamasdan (umrbod) tuzilishi mumkin. Tomonlarning huquklari, majburiyatlari, mehnatga haq to’lash va mehnatni tashkil etish sharoitlari mehnat qonunlariga muvofiq o’zaro kelishgan holda hal etiladi. Shartnomada mehnatni qo’shimcha rag’batlantirish maqsadida har xil imtiyozlar berilishi mumkin. O’zbekiston Respublikasida Yollanma mehnat va umuman mehnatga oid munosabatlar 1996 yil 1 apreldan amalga kiritilgan O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (1995.21.12) va boshqa mehnat to’g’risidagi qonun xujjatlari, jamoa shartnomalari va boshqa me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi.