Yomg`ir to`sig`i

Yomg`ir to`sig`i – tog`larning yog`in keltiruvchi shamollarga ters yonbag`ri va tog` oralig`idagi botiqlari. Sernam shamollar tog` yonbag`ridan ko`tarilayotganda yog`in beradi. Tog`dan oshib tushayotganda adiabatik qizib, kondensatsiya nuqtasidan uzoqlashadi va yog`in bermaydi. Masalan, Qurama tog`larining sharqiy yonbag`rida, Farg`ona vodiysining g`arbiy chekkasida shunday.