Yonuvchi gazlar
Yonuvchi gazlar – yonuvchi uglevodorod gazlari. Yonuvchi gazlar orasida metan, etan, propan ko`pchilikni tashkil etadi. Yonuvchi gazlar tabiatda alohida konlardan ham chiqadi, neft bilan birga ham chiqadi. Yonuvchi gazlarga tabiiy holda azot, karbonat angidrid, vodorod sulfid, inert gazlar aralashgan bo`ladi. Yonuvchi gazlarning eng katta konlari G`arbiy Sibirda, O`rta Osiyoda, Volgabo`yi, Shimoliy Kavkaz, Ukraina, Uralda topilgan, shuningdek AQShda eng ko`p qazib chiqariladi, Yaqin va O`rta Sharqda, Shimoliy Afrikada, Kanada, Venesuelada ham katta konlari bor.