YOPIQ VA OCHIQ JAMIYATI

YOPIQ VA OCHIQ JAMIYATI — fanga K.R.Popper tomonidan kiritilgan bo’lib, taraqqiyotning turli bosqichlarida turli jamiyatlarning madaniy-tarixiy va siyosiy tasvirlanishi ifoda etiladi. Ochiq jamiyat – demokratik jamiyat bo’lib, tashqi muhit sharoitlarida oson o’zgaruvchi va moslashuvchi, tanqidni yorib o’tmoqqa moslashgan jamiyat, yopiq jamiyat esa dogmatik-avtoritar rejim asosida bo’lib, sehrli (magik) tafakkur, dogmatizm va kollektivizm tamoyillari bilan xarakterlanadi. Ochiq jamiyat olamni ratsional anglash, kritisizm va individualizm tamoyillari bilan xarakterlanadi. K.Popper yopiq jamiyatlarga o’zining siyosiy va ijtimoiy kelib chiqishidan turlicha bo’lgan davlatlarni kiritadi, bularga Sparta, Prussiya, chor Rossiyasi, natsistlar Germaniyasi, Sovet Ittifoqini kiritadi. Ochiq jamiyatga qadimgi Afina va g’arb rivojlangan davlatlarini kiritadi. Yopiq va ochiq jamiyati konsepsiyasi hozirgi zamon davlatlarining ideologik siyosiy va ijtimoiy-psixologik nuqtai nazardan o’rganish uchun asosiy omillardan biri hisoblanadi.