YOQILG’I

YOQILG’I — yonganda muayyan miqdorda issiqlik ajratadigan uglerod va uglevodorodli moddalar, energiya manbai. Qattiq, suyuq va gaz holatida bo’ladi, tabiiy hamda sun’iy xillarga bo’linadi. Tabiiy qattiq Yoqilg’i — yog’och, torf, slanes, toshko’mir, antrasit va boshqalar, sun’iy Yoqilg’i — pista ko’mir, koks, aglomerat va boshqalar. Tabiiy suyuq Yoqilg’i — neft, sun’iysi — benzin, kerosin, mazut va boshqalar, tabiiy gazsimon Yoqilg’i — tabiiy gaz, sun’iysi — domna gazi, generator gazi va boshqalar. Atom energiyasi va yarimo’tkazgichlardan foydalanish texnikasi hamda nazariyasining rivojlanishi bilan yangi xil Yoqilg’i — yadro yo.si paydo bo’ldi. Iqtisodiy nuqtai nazardan eng arzon Yoqilg’i —neft va tabiiy gaz. Dvigatellarda ishlatiladigan Yoqilg’i (masalan, benzin, kerosin, yadro Yoqilg’isi, reaktiv Yoqilg’i va boshqalar) yonilg’i deb ataladi. Har qanday yo. va yonilg’i issiqlik ajratuvchanlik xossasi bilan ifodalanadi. Jadvalda ish holatidagi, ya’ni iste’molchilarga beriladigan holatdagi Yoqilg’i va yonilg’ilarning issiqlik ajratuvchanligi (kaloriyasi) keltirilgan: Yoqilg’ining turli xillari haqidagi ma’lumotlar tegishli maqolalarda beriladi (masalan, gazlar, ko’mir, ushin, torf va hokazo).