YORITQICH BALANDLIGI

YORITQICH BALANDLIGI (h) ufq tekisligi bilan yoritqich (yulduz, Sayyora va boshqalar) ga yo’nalgan chiziq orasidagi burchak. Vertikal doyra yoyi bilan o’lchanadi. Osmon gumbazi kurinma sutkali aylanganligi sababli Yoritqich balandligi o’zgarib turadi va meridianda eng yuqori qiymatlarga erishadi. Yoritqich balandligining 90° ga to’ldiruvchisi Zenit masofasi deyiladi.