Yosh xivaliklar
Yosh xivaliklar-Xiva jadidlarining so’l oqimidan tashkil topgan partiya (1917). O’z safida savdogarlar, mayda dindorlar va xon xizmatida bo’lgan ayrim amaldorlarni birlashtirgan. Uning ilg’or qismi feodal aristokratiya hokimiyatini cheklaydigan islohotlar o’tkazish, ommani ma’rifatli qilish tarafdori bo’lgan. Umuman yosh xivaliklarning maqsadi xon hokimiyatini cheklab, konstitutsiyali monarxiyaga o’tish, amaldorlarga oylik tayinlash tartibini joriy etish, “shariat bo’yicha tenglik”, ya’ni burjuaziyaning huquqlarini hukmron sinf bo’lgan feodallar bilan tenglashtirish edi.