YOVVOYILIK
YOVVOYILIK — insoniyat tarixi 3 davrining (Yovvoyilik, vahshiylik, tsivilizatsiya) birinchi bosqichi. Bu tushunchani fanga Amerika tarixchisi va etnografi L. G. Morgan (1818-81) kiritgan. U odamning paydo bo’lishidan boshlab kulolchilikning kelib chiqishi bilan tugaydigan bosqichni Yovvoyilik davri deb hisoblagan. Yovvoyilik davri odamning shakllanish va ilk urug’chilik tuzumi vaqti (arxeologik davrlashtirishga ko’ra paleolit va mezolit davrlari)ga to’g’ri keladi. Yovvoyilik ko’chma ma’noda — o’ta madaniyatsizlikni bildiradi.