YUBILEY

YUBILEY (lotincha qadimiy yahudiycha — har 50 yilda nishonlanadigan yil so’zidan) — tarixiy voqealar, buyuk shaxslar hayoti va faoliyatining, biror tashkilot, muassasa va boshqalarning yilligini keng jamoatchilik tomonidan tantanali ravishda nishonlash marosimi. Yubileyi nishonlanadigan shaxs, tashkilot, muassasa yubilyar hisoblanadi.