YULDUZ TURKUMLARI

YULDUZ TURKUMLARI — yulduzlarni topish va belgilashni osonlashtirish uchun osmon gumbazining shartli ravishda ajratilgan qismlari; eng yorqin yulduzlar hosil qilgan o’ziga xos shakllar. Ular afsonaviy qahramonlar (masalan, Gerkules, Persey, Yeridan va boshqalar), hayvonlar (ilon, katta it va boshqalar) va narsalar (masalan, mezon, Kalqon va boshqalar) ning nomi bilan atalgan. Yulduz turkumlarining eng yorqin yulduzlari yunon harflari (a, r, u va hokazolar) bilan belgilanib, bu harflar yoniga yulduz turkumining nomi yoziladi (masalan, aravakashning a si), ravshanligi pastroq yulduzlar lotincha harflari va raqamlari bilan belgilanadi. Butun osmon gumbazi 88 ta Yulduz turkumlariga bo’lingan.