YUQORI YANA TIZMASI

YUQORI YANA TIZMASI, Verxoyana tizmasi — Sibir shimoli sharqidagi tog’ sistemasi. Saxa Respublikasi hududida. Lena va Aldan, Omoloy, yana va Indigirka havzalarining suvayirg’ichi bo’lib xizmat qiladi. Yuqori yana tizmasi Lena daryosi deltasidan Tompo daryosigacha (Aldanning o’ng irmog’i) qariyb 1200 kilometrga cho’zilgan. Eng 100 -250 kilometr. Shimolda o’rtacha balandligi 1000 metr, eng baland joyi 2389 metr. G’arbiy yon bag’ri tik va qisqa, Sharqiy yon bagri qiya. Yuqori yana tizmasining shimol qismi va yon bag’irlarining yuqori qismlari tog’ tundra o’simliklari, quyirog’i pakana kedr hamda tilog’och o’rmonlari bilan qoplangan. Oltin, qalay konlari bor.