YURTCHI

YURTCHI — harbiy safarlar chog’ida qo‗shinning to’xtashi va joylashishi uchun qulay o’rin izlab topuvchi, harbiy qism va bo’linmalarning lashkargohda tartib va intizom bilan joylashuvini ta’minlovchi mutasaddi. Yurtchidan lashkargohning tekis, keng va qismlarni joylashtirishga qulay, ichimlik suv manbaiga yaqin bo’lishi talab qilingan. Lashkargoh atrofi bir-biriga zanjir yoki arqon bilan mahkam bog’langan aravachalar yordamida to’silgan, shox-shabbalar bilan o’ralgan, girdiga chetan o’rnatilgan xandaqlar bilan ihotalangan. Amir Temur qo’shini ketidan qassob, bakovul, qovurilgan va pishirilgan go’sht bilan savdo qiluvchi, arpa va turli meva sotuvchi, novvoy, etikdo’z, taqachi, egarchi va boshqalar peshma-pesh ko’chib yurgan. Ularning lashkargohdagi faoliyati aynan Yurtchi tomonidan nazoratga olingan.