YUSUFBEKOV RUSTAMBEK

YUSUFBEKOV RUSTAMBEK, Rustambek domla (1880 — Toshkent — 1950.17.5) — pedagog, o’zbek ma’rifatparvari. Dastlab maktabxonadan so’ng Toshkentdagi Ko’kaldosh madrasasida o’qigan. 1910- yillarda yangi usul maktabi ochib, unda o’qituvchilik qilgan. «Ta’limi avval» («Dastlabki ta’lim») Alifbe kitobini (1913), «Ta’limi soniy» («Ikkinchi ta’lim») o’qish kitobni (1915) yozgan. Jadidchilik harakatida qatnashganligi uchun qamalgan.