YUSUFXON ESHON MAQBARASI

YUSUFXON ESHON MAQBARASI — Farg’ona viloyatidagi me’moriy yodgorlik (18-asr). Maqbara peshtoqgumbazli ziyoratxona va panjara bilan o’ralgan qabrdan iborat. Peshtog’i hashamatli, ganchkori o’yma naqshlar bilan bezatilgan. Uning 2 yoniga guldasta ishlangan. Ziyoratxona gumbazi yulduzsimon 20 qirrali poygumbazga o’rnatilgan. Xona burchaklariga muqarnaslar ishlangan.