YUSUPOV SHAROFIDDIN ISOMIDDINOVICH

YUSUPOV SHAROFIDDIN ISOMIDDINOVICH (1945.29.4, hozirgi Rishton shahri) — kulol, sulola davomchisi; zamonaviy Rishton kulollik maktabining yirik vakili. O’zbekiston ba akademik (1997), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi (1991). Yoshligidan otasi usta Isomiddin Yusupov (1884-1959) bilan yonmayon ishlab, rishtonlik usta Musa va g’urumsaroylik usta Hakimga shogird tushib hunar o’rgangan; ayniqsa, usta Ibrohim Komilovaan Rishton kulollik maktabiga xos bo’lgan tabiiy xom ashyodan ishqorli sir tayyorlashni puxta egallagan. 1963 yildan Rishton keramika zavodida kulol, usta (1978-80 yillarda bosh rassom). 197478 yillarda Qo’qon shahrida ishqorli sirni sanoatga tatbiq etish bo’yicha o’tkazilgan tajribalarda qatnashgan. Yusupov Rishton kulollik maktabi an’analarini ijodiy o’zlashtirdi va rivojlantirdi, uni yangi mujassamotlar, ranglar uyg’unligi, ramziy belgilar va boshqalar xususiyatlar bilan boyitdi; u yaratgan lagan, ko’za, kosa, shokosa va boshqalar sopol buyumlarida «Chorbarg», «Bodomgul», «Anorgul» va boshqalar tasvirlarni, oq (sut rang) zaminda yashil-moviy, jigarrang-binafsha rang, yashil-ko’k uyg’unligidagi rang koloritini qo’llaydi. U yaratgan sirkori bezaklar zamonaviy me’morlikda keng qo’llanadi. Yusupov asarlari bilan respublika va xorijiy ko’rgazmalarda qatnashadi. Asarlaridan namunalar respublika va xorijiy davlatlar muzeylari va shaxsiy to’plamlarda saqlanadi.