Yut

Yut – sovuq vaqtda yomg`ir tomchilarining yer yuzasida, o`simliklar (o`tlar) ustida muzlab, yupqa muz qatlamining hosil bo`lishi hodisasi. Yut odatda harorat 0 darajadan -3° gacha, ba’zan undan ham sovuq bo`lganda ro`y beradi. Qor erib yana sovuq tushishi natijasida qotib, muz qatlamini hosil qilishidan ham yut bo`ladi. Yut hodisasi yaylovdagi chorva mollari uchun juda xavfli, ba’zan ko`plab qo`ylar qirilib ketadi. Buning oldini olib, hozirgi vaqtda qishki yaylovlarda pichan g`amlab qo`yiladi.