ZAGROS
ZAGROS (forscha Patak, Poshteko’h) — Erondagi tog’sistemasi, Eron tog’ligining Janubiy-g’arbida. Uzuligi 1600 kilometr chamasida, kengligi 200-300 kilometr, aksar qismining balandligi 2000-3000 metr, eng baland joyi 4548 metr (zardko’h tog’i). Zagros vodiy va botiqlar bilan ajralgan bir necha (15-20) parallel tizmalardan iborat. Tog’lar ohaktosh va slaneslardan tuzilgan. Karst relef shakli ko’p. Neft konlari bor. Iqlimi subtropik, quruq, katta qismining landshafti cho’l. G’arbiy, sernam qismida dub, qayrag’och, zarang, akasiyali o’rmonlar, yuqoriroqda Alp o’tloqlari va past bo’yli butazorlar bor. Kichikroq muzliklar uchraydi. Botiqlarda sho’rxok, ko’l va vohalar (xurmo, tsitrus o’simliklar, tokzorlar) mavjud. Bamu va Erjon milliy parklari tashkil etilgan.