ZAMONBOBO MADANIYATI
ZAMONBOBO MADANIYATI – O’zbekistonda jez davri urug’jamoasi madaniyati (miloddan avvalgi 2 ming yillikning birinchi yarmi). Buxoro viloyati Qorako’l tumani markazidan 15 kilometr shimoliy-g’arbda joylashgan Zamonbobo (nomi shundan) ko’li sohilidagi makon (maydoni 170 metr kvadrat) va qabriston (44 qabr) o’rganilgan. Qabristonda Ya. G’ulomov (1950-51, 1953-54), A. Askarov (1961, 1964) arxeologik qazish ishlari olib borgan. Qabilalar yarim yerto’la, yengil chaylalarda yashagan. Yerto’la o’tov shaklida, ustunlari chuqurchalarga o’rnatilgan, usti qamish bilan yopilgan va somonli loy bilan suvalgan. O’choq va don saqlanadigan o’ralar devor yaqinida bo’lgan. Qabrlarda murdalar yakka, juft, ayrim holda uchtadan (erkak, ayol, bola) yonboshlatib ko’milgan. Qazilmalarda sopol siniklari, chaqmoqtoshdan ishlangan qurollar — yaproqsimon paykonlar, pichoqsimon tosh parchalar, surma toshlar, jez oyna, pichoq, kurakchalar, lazurit, aqiq, Feruza, serdolik, jilvir toshdan ishlangan munchoqlar, oltin marjon topilgan. Sopol idish (tagi tekis va dumaloq xum, xumcha, to’g’ri burchakli suvdon, tovoqcha) lar naqshsiz bo’lib, asosan, qo’lda, ayrimlari charxda yasalgan. Ularning deyarli barchasi yupqa, jarangdor, ba’zilari qizil angob bilan bo’yalgan. Chaqmoqtoshdan ishlangan qadama o’roqlar, yorg’uchoq bo’laklari, hovoncha dastalar va ko’mirga aylangan bug’doy, arpa donlari, sigir, qo’y, echki suyaklarining topilishi, Zamonbobo madaniyati davrida qabilalar ibtidoiy dehqonchilik va o’troq chorvachilik bilan shug’ullanganligidan dalolat beradi. Hosildorlik ma’budasining kichik sopol haykalchasiga mo’lko’lchilik ramzi sifatida e’tiqod qilingan bo’lsa kerak. Badaxshon toshidan ishlangan munchoq, Janubiy Turkmanistondagi qabilalarning sopol idish va boshqa buyumlari Zamonbobo madaniyati qabilalarining qo’shni qabilalar bilan iqtisodiy hamda odamlar yashagan turar joy. Zamonbobo madaniyati: 1 — paykon; 2 — qadama o’roq; 3-4 — suyak bigizlar; 5 — tosh o’zak; 6-7 — pichoqsimon ttlastinkalar; 8 — to’g’nog’ich boshi; 9 — urchuqbosh; 10 — kurakcha; 11 — 18 — tosh munchoqpar; 19 — ma’buda tanasi; 20 — sopol siniqlari. Madaniy aloqada bo’lganligini ko’rsatadi. Bu yerda neolit davrida Kaltaminor madaniyatiga mansub qabilalar yashaganligi ham aniqlandi. Keyinchalik Zamonbobo madaniyati o’rnida Andronovo madaniyati tarqalgan. Ad. Gulyamov Ya. G., Islamov U., Asqarov A. A., Pervobitnaya kultura i vozniknovenie orashaemogo zemledeliya v nizovyax Zarafshana, T., 1966.