ZAPROMETOV NIKOLAY GEORGIYEVICH
ZAPROMETOV NIKOLAY GEORGIYEVICH (1893.25.12, Toshkent — 1983.1.4, Moskva) — entomolog, fitopatolog olim, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (1950), qishloq xo’jalik fanlari doktori (1943), professor (1929). Petrograd universitetini tamomlagan (1916). Turkiston entomologiya styasida ilmiy xodim, o’simliklarni himoya qilish tajriba styasi ftopatologiya bo’limi mudiri (1918-29). Soyuz NIXI o’simliklarni himoya qilish stansiyasi direktorining ilmiy ishlar bo’yicha o’rinbosari (1929-31). Zaprometov O’zbekistonda fitopatologiya va mikologiya maktabini yaratganlardan biri. Ilmiy ishlari, asosan, mikroflora, zararli fitopatologik mikroorganizmlarning morfologiyasi, biologiyasi, sistematikasi, madaniy o’simliklarning, jumladan, g’o’zaning zamburug’li, bakteriyali kasalliklariga qarshi kurash muammolariga bag’ishlangan. As: materiali po mikroflore Sredney Azii, T., 1928; g’o’zaning ko’sak va tola kasalliklari, T., 1952.