ZARAR (IQTISODIYOTDA)

ZARAR (IQTISODIYOTDA) — xo’jalik faoliyatidan ko’rilgan yo’qotishlar; pul shaklida ifoda etiladi. Korxona, xo’jalik, tadbirkor ishlab chiqarish xarajatlarining olingan daromaddan ortib ketishi natijasida yuz beradi. Zarar moddiy va pul resurslarining kamayishini keltirib chiqaradi (manfiy saldo bo’lganligi sababli o’z kapitali kamayadi).