ZARARSIZLIK NUQTASI
ZARARSIZLIK NUQTASI – umumiy xarajatlar umumiy daromadga yoki o’rtacha xarajatlar, mahsulot narxiga teng bo’lganda, ishlab chiqarish hajmi agarda bozor narxi zararsizlik nuqtasidan pasaysa, unda korxonalar, tabiiyki, o’z tarmoqlarini tashlab, boshqa tarmoqqa o’tib ketadilar. Bu nuqtada faqat yangi mahsulotni ishlab chiqarishga o’tgan korxonalar faoliyat ko’rsatishlari mumkin bo’ladi yoki korxona tomonidan o’tkazilgan tahlil shu tarmoqda ishlab chiqarilayotgan mahsulotga qisqa muddatda talabning ko’tarilishi natijasida narxning ko’tarilishini tasdiqlasa, korxona o’z faoliyatini davom ettirishi mumkin.