ZARBXONA
ZARBXONA, tanga saroyi — tangalar zarb qilish, orden, medallar, ko’krak nishonlari va boshqa davlat unvon belgilari, shuningdek, zarhallash, kumushlash va zargarlik sirlash usullari bilan metaldan o’yma va bosma mahsulotlar tayyorlaydigan davlat korxonasi. Zarbxona milliy davlat barpo bo’lishi bilan tanga zarb qilish davlat monopoliyasiga aylangan sharoitlarda tashkil qilinadi. Eng qadimgi Zarbxonalar miloddan avvalgi Yunonistonda va Rimda tashkil etilgan edi. Dastlabki tangalar metallning oddiy kichik bo’lagidan iborat bo’lgan. Keyinchalik rasmli va yozuvli tangalar zarb qilina boshlagan. Masalan, Eron shohi Doro 1 8,4 gramm og’irlikdagi oltin tangalar zarb ettirgan. O’rta Osiyoda davlat pullari zarb etadigan Zarbxonalar 8-10 asrlarda paydo bo’lgan. Amir Temur hukmronligi davrida Samarqanddagi zarbxona Temuriylar davlati uchun tanga pullar zarb etgan. 19 asrning 40 yillarida Xiva, Buxoro, Qo’qon xonliklaridagi Zarbxonalarda aversi Sobiq Ittifoqda 1921 yilgacha Petrograd (hozirgi Sankt-Peterburg) Zarbxonasida ordenlar va yubiley medallari tayyorlangan. 1921 yil avgustdan kumush, 1924 yildan mis, keyinchalik bronza va nikelli, 1961 yildan boshlab esa jez va neyzilberdan tangalar zarb qilina boshladi. 1942 yilda tashkil etilgan Moskva zarbxonasida orden, medallar, qimmatbaho metallardan ko’krak nishonlari va boshqa mahsulotlar tayyorlangan. O’zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin 1992 yilda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzurida «Davlat belgisi» ishlab chiqarish birlashmasi tashkil qilindi. Shu birlashma tarkibida Toshkent zarbxonasi 1997 yil 20 martda ishga tushirildi. Zarbxonada O’zbekiston Respublikasining tangalari, orden, medallari, ko’krak nishonlari va boshqalar ishlab chiqariladi. Ad.: Istoriya Uzbekistana v istochnikax // O’zbekiston v soobtsheniyax puteshestvennikov i uchyonix (20-80 godi XIX v), T., 1990.