Tasavvur qiling, o’rmonda ketyapsiz va nogahon musiqa qulog’ingizga chalinadi, go’yo qandaydir musiqachi daraxt ustida o’tirib, nay chalmoqda. Musiqachi shu qadar kichkinaki, barglar orasidan ko’zingizga darrov tashlanmaydi. Yaqin atrofda turib, sehrli qo’shiqni tinglang, ammo uning ortidan, ayni shu daraxtdan qulog’ingizni batang qiladigan, xuddi mushukning dumini bosib olganda, u darg’azab bo’lib, qattiq miyovlaganday ovoz kelsa qo’rqmang va hayron qolib o’tirmang. Mushuk hozir bu afsungar qo’shiqchini yeb qo’yadi, deb ham cho’chimang, nega desangiz nay chalayotgan ham, mushukdek miyovlayotgan ovozni ham chiroyli va juda foydali bo’lgan o’rmon qushchasi — zarg’aldoq degan bitta jonivor taratmoqda. Shu bois ayrim odamlar zarg’aldoqni «o’rmon nayi», boshqalari esa «o’rmon mushugi» deb atashadi. Nima bo’lganda ham har ikki laqab uning o’ziga munosibdir.
Ona tili 6 sinf uchun test savollari
Ona tilidan 5 sinf testlar
Avtomobil haydovchiligi uchun testlar to’plami
Avtomobil haydovchiligi uchun test savollari
Haydovchilik yo’nalishida testlar
YouTube monetizatsiyasi O’zbekistonda: qachon ishga tushadi va hozir qanday pul topish mumkin?
Sun’iy yo’ldosh interneti nima? Qanday ishlaydi va O’zbekistonda qachon bo’ladi?
NFC nima? Kontaktsiz to’lov qanday ishlaydi?
Google Pay O’zbekistonda: qanday ishlaydi va qanday ulanadi?

