ZARGARLIK
ZARGARLIK — badiiy hunarmandlik soxasi; oltin, kumush, mis, qalay kabi rangli metallardan zebziynat buyumlari (taqinchoqlar), bezak buyumlari yasash kasbi. Zargarlar bezak buyumlari tayyorlashda quyish, bolg’alab (zarb berib) yasash, hallash (oltin va kumush suvi yuritish), o’yib yoki bo’rttirib naqsh yasash, bosma, zig’irak, sovotkori, qolipaki, shabaka kabi usullardan keng foydalanadi. Qimmatbaho toshlar (Gavhar, Feruza, Dur, Hasik va boshqalar) ga ishlov berib, Zargarlik buyumlari (bargak, bibishak, bilaguzuk, bozuband, bozgardon, boldok, buloqi, bo’yintumor, gajak, duotuzi, jevak, jig’a, zarkokil, zebigar Alisher Navoiyning «Xamsa» asariga ishlangan zarvaraq (Hirot, 1492-93 yillar; xattot Sultonali Mashhadiy, Muzahhib Mavlono Yoriy. Sankt-Peterburg Davlat xalq kutubxonasi qo’lyozmalar fondida saqlanadi). Zargarlik: tillaqosh (Toshkent, 1880 yil); Dalvarzintepadan topilgan bo’yin taqinchog’i (pektoral, miloddan avvalgi 1 asr) don, zulf, isirg’a, kokil, Oyboldoq, osmatuzi, sanchok, tavq, tilla bargak, tilla tuzi, tillaqosh, turunj, uzuk, shokila, qashqarboldoq, halqa kabi) yaratilgan. Arxeologik topilmalar Zargarlik qadimdan mavjudligini ko’rsatadi. Qadimgi Misr, Yunoniston, Eron, Xitoy zargarlari Zargarlik buyumlari tayyorlashda marjon, nefrit, kahrabo va boshqalardan keng foydalangan. Yevropada, ayniqsa, roman va gotika davrida (12-15 asrlar) Zargarlik san’ati yuksak pog’onaga ko’tarilgan, Zargarlikning yangi usul va uslublari vujudga kelgan. O’zbekiston Respublikasining ko’pgina muzeylarida saklanayotgan topilmalar respublika hududida (Yunon-Baqtriya podsholigi, miloddan avvalgi 3—2 asr; Qadimgi Xorazm, asosan, miloddan avvalgi 1 ming yillik o’rtalaridan milodiy 8 asrgacha) Zargarlik rivoj topganini ko’rsatadi. Buxoro, Samarqand, Toshkent, Xiva, Qo’qon, Shahrisabz va boshqa shaharlarda Zargarlik rivojlangan. 19 asr oxiri 20 asr boshida o’ziga xos ishlanishi, shakli, bezaklari, xususiyatlari bilan birbiridan farq qilgan xilma-xil Zargarlik buyumlari keng tarqalgan, ziynat buyumlari to’plamlari vujudga kelgan. Asrlar osha avloddan avlodga o’tib kelayotgan Zargarlik san’ati 20 asr boshlarida inqirozga yuz tutdi, xalq ustalarining soni qisqara boshladi. Ustalarga qimmatbaho xom ashyolardan foydalanishga yo’l qo’yilmadi. Zargarlik fabrikalarida ijod qilgan ustazargarlar ish jarayonida astasekinlik bilan mavjud an’analardan yiroqlasha bordilar. Natijada ular tomonidan ishlab chiqarilgan buyumlarning shaklishamoyili o’zgarib «eklektik» manzarani yuzaga keltirdi va ba’zi an’analarni butkul yo’qolishiga olib keldi. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng Zargarlik san’ati jonlandi. Qimmatbaho metall materiallardan foydalanishga imkon yaratildi. Ijod qilayotgan ustalar, asosan, 2 yo’nalishda: mahalliy Zargarlik (unutilib borayotgan an’analarni qayta tiklash) va an’anaviy zamonaviy uslubda Zargarlik buyumlari yaratish ustida ijod qilmoqdalar. An’anaviy Zargarlik buyumlari — tumorlar, isirg’alardan «Uch ko’zacha», «Oy boldoq», «Yr Bidor», «Qashqarboldoq» va boshqalar yaratildi. Ustalardan Dadamuhamedovlar sulolasi, G. Yo’ldosheva, R. Muxametshin, M. Nozirxonov, Sh. Nizomov, I. Olimov, G. Tosheva va boshqalar Zargarlik an’analarini o’rganish, rivojlantirish va yangi yo’nalishlarni kashf etish borasida qator ishlarni amalga oshirdilar. Buxoro, Xorazm, Surxondaryo va boshqa Zargarlik maktablarning ayrim chizgilari bir-biriga uyg’unlashtirilib, yangi zamonaviy Zargarlik buyumlari yaratilmoqda. A. Ulumbekovaning «Ayol» (1998), «Afrika» (1999), «Baliqcha» (1999); E. Gostevning «Parvoz» (1998) asarlari, R. Muxametshin ijodiy namunalari («Hayot daraxti», 1993; Bilaguzuklar: ilon shaklidagi bilaguzuk (Baqtriya, miloddan avvalgi 3 asr); soatli bilaguzuk (20 asr). «Tog’irmog’i», 2001) o’zining bezakdorligi, tasvirining nozikligi hamda xalq san’atining mumtoz namunalari asosida yaratilishi bilan farqlanadi. Hozirgi kunda usta — zargarlar bilan bir qatorda bir necha birlashmalar — «Fonon» va «Kumush» birlashmasi, «Nur» davlat Zargarlik markazi, «Musavvir», «Ustazoda» kabi markazlar ham ichki bozorni Zargarlik buyumlari bilan to’ldirmoqda. O’zbekiston ba ning tashabbusi bilan Toshkentda 2001 yil aprelda «Zargarlik — 2000», 2002 yil aprelda «Zargarlik — 2002» xalqaro ko’rgazmalari namoyishi o’tkazildi. Ushbu ko’rgazmada ko’pgina davlatlarning zargar ustalari o’z asarlari bilan qatnashdi; 2) bozorda zargar ustalarning do’konlari joylashgan rasta yoki mahalla. Ad.: Faxretdinova D. A., Yuvelirnoye iskusstvo Uzbekistana, T., 1988.