ZARQOG’OZ

ZARQOG’OZ, folga — 1) rangli, nodir, asl metallar va po’latdan tayyorlanadigan, eni 5-1000 millimetr va qalinligi 0,001—0,2 millimetr bo’lgan varaq yoki lenta Zarqog’oz jo’vali (valesli) prokat stanlarida o’rama (rulon) holida prokatlab chiqariladi. Prokatlab olish qiyin bo’lgan qattiq materiallar eritib olinadi. Oziq-ovqat mahsulotlarini o’rashda, elektrotexnikada kondensatorlar tayyorlashda, termoizolyatsiya va boshqa maqsadlarda ishlatiladi; 2) matbaada — bir tomoni ma’lum miqdordagi bog’lovchi bilan ishqalangan va biror pigment bilan qoplangan kalka yoki shaffof plyonka. Kitob muqovasiga presslab tasvir tushirishda ishlatiladi.