ZARYAD
ZARYAD — 1) elektr Zaryad — elektromagnit maydon manbai; zaryadlangan zarralarning uzaro elektromagnit ta’sirlashuvi intensivligini ifodalaydigan fizik kattalik. Bir xil ishorali Zaryadlar bir-biridan itariladi, har xil ishorali Zaryadlar esa bir-biriga tortiladi. Elektronlar, pozitronlar, protonlar, zaryadli mezonlar va boshqa elementar zarralar hamda atom yadrosi eng kichik musbat yoki manfiy elektr Zaryadga ega. Elektr Zaryad, odatda, elektrostatik birliklar (SGSE) yoki kulonlar bilan o’lchanadi. Eng kichik elementar elektr Zaryad e = (4,80298 ± 0,000201) • 10 |0 SGSE birlikka teng. Elementar elektr Zaryadni birinchi marta 1911 yilda R. E. Milliken aniq o’lchagan; 2) portlovchi modda Zaryadi — maxsus kamera (shurp, quduq va boshqalar) ga joylashtirilgan, vazni va o’rnatiladigan joyi oldindan hisoblangan hamda portlatishga tayyorlangan portlovchi modda; 3) uloqtiriladigan porox Zaryadi — o’q otar qurol stvoli kanalida snaryad (mina, o’q) ni harakatga keltirish va kerakli tezlikda otish uchun zarur bo’lgan, gilza yoki alohida qopchiqlar (kartuzlar) ga joylashtirilgan ma’lum miqdordagi porox; 4) qattiq raketa yoqilg’isi Zaryadi — dvigatel kamerasiga joylashtirilgan va yonganda raketani harakatlantiruvchi reaktiv kuch hosil qiladigan bir yoki bir necha qattiq yoqilg’i bloki (shashkasi).