ZAXIRA FONDI
ZAXIRA FONDI – joriy yilda kelib tushgan sug’urta mukofotlari hisobidan sug’urta qoplamasini to’lash imkoniyati bo’lmaganda, ushbu sug’urta qoplamasini to’ lash uchun foydalaniladigan pul mablag’ lari fondi. Ma’lumki, sug’urta hodisalari tufayli ko’rilgan yo’qotishlar va zararlar miqdori har yili har-xil bo’ladi. Ayrim yillari sug’urta hodisalari kam, boshqa yili esa ko’proq bo’lishi mumkin. Agar sug’urta hodisalari soni ko’p bo’lib, ko’rilgan zarar miqdori joriy yilda kelib tushgan sug’urta mukofotlaridan bir necha marta ko’p bo’lsa, ularning farqi zaxira fondi hisobidan qoplanadi.