ZAYTUNDOSHLAR

ZAYTUNDOSHLAR (Oleaceae) — doim yashil daraxt va butalar oilasi. Gullari ro’vaksimon to’pgulda o’rnashgan, to’g’ri, qo’shgulqo’rg’onli, ikki, ba’zan ayrim jinsli, kosachasi mayda, ko’pincha, to’rt tishli. Changchisi ikkita, urug’chisi bitta. Urug’ kurtagi ikki yoki undan ortiq bo’lib, odatda, faqat bittasigina uruqqa aylanadi. Mevasi har xil — ko’sakcha, qanotcha, danakcha yoki rezavormeva. Zaytundoshlarning 600 turini birlashtirgan 29 turkumi bor. Tropik, subtropik va mo»tadil iqlimli mamlakatlarda, asosan, shim. yarim sharda ko’p. Ekiladigan Zaytundoshlarning mevasi tuzlangan va konservalangan holda iste’mol qilinadi. Dorivor va yirik gulli zaytundan efir moyi olinadi. Nastarin, ligustrum va boshqa manzarali o’simlik sifatida ekiladi.