ZELENSKIY NIKOLAY DMITRIYEVICH

ZELENSKIY NIKOLAY DMITRIYEVICH (1861.6.2 — 1953.31.7) — kimyogar. Akademik (1929), organik kataliz haqidagi ta’limot asoschilaridan. Moskva universiteti professori (1893). Tsiklopentanli va tsiklogeksanli uglevodorodlarni sintez qilgan. Tsiklogeksan va uning gomologlarini platina va palladiy katalizatorlari ishtirokida degidrogenlash yo’li bilan aromatik uglevodorodlar olgan, shu usul bilan benzin va kerosin fraktsiyalaridagi tsiklogeksanli uglevodorodlar miqdorini aniqlagan, shuningdek, neftdan aromatik uglevodorodlar olgan. Zelenskiy va uning shogirdlari shu sohadagi keyingi tadqiqotlarga asoslanib, tsiklopentanli uglevodorodlarning gidrogenoliz reaktsiyasini kashf etishdi. 1918-19 yillarda Zelenskiy alyuminiy xlorid va alyuminiy bromid ishtirokida solyar moyi va neftdan kreking yo’li bilan benzin olish usulini ishlab chiqib, sanoatga tatbiq etgan. G. Stadnikov bilan birga aldegidlar va ketonlardan aaminokislotalar sintezlash usulini kashf etgan (bu usul Zelinskiy — Stadnikov reaktsiyasi deb ataladi). Zelenskiy adsorbtsiya va ko’mirli protivogaz yasash sohasida ish olib bordi.