ZERCHA

ZERCHA — har xil buyumlarni teshish uchun ishlatiladigan ostlik moslama. Po’lat yoki temirdan o’rtasi teshik qilib doyra yoki to’rtqirra shaklda yasaladi. Buyumlarga teshik ochishda ularning ostiga qo’yiladi. Chunonchi taqagar Zerchasi takani teshishda, tunukasoz Zerchasi tunukani teshishda, nahalgar Zerchasi etik va kavushga qoqiladigan nahalni teshishda, miskar Zerchasi buyumning mis qismi yoki mis buyumni teshishda, pichoqsoz Zerchasi pichoq dumi (sopi) ni teshishda ishlatiladi va hokazolar.