Zevgitlar

Zevgitlar (yunoncha zeugitai)-Afinada Sopon islohotlariga (miloddan avvalgi 594/593 yillar) binoan uchinchi (pentaksiomeimnlar-yer aristokratiyasi va gippeylardan keyin) tabaqa; asosan, o’rta va mayda zamindorlar. 200 medimn (1 medimn-52,5 litr don) yillik daromadga ega bo’lganlar. Miloddan avvalgi 458 yilgacha Zevgitlar faqat quyi lavozimlarni egallashlari mumkin edi. Lekin miloddan avvalgi 458-457 yillarda ular ham arxontlikka saylanish huquqini qo’lga kiritdilar. Urush vaqtida Zevgitlar goplitlar qo’shinini tashkil etgan.