ZEYA

ZEYA — Rossiya Federatsiyasi Amur viloyatidagi daryo, Amur daryosining chap irmog’i. Uzunligi 1242 kilometr, havzasining maydoni 233 ming kilometr kvadrat. Stanovoy tizmasining Janub yon bag’irlaridan boshlanadi. O’rtacha suv sarfi 1910 m3/ sekund. O’ngdan Bryanta, Gilyuy, Urkan, chapdan dep, Selemja, Tom kabi irmoqlar quyiladi. Ko’proq yomg’irdan suv oladi. Noyab. boshlarida muzlab may boshlarida muzdan bo’shaydi. Suvi keskin ko’payganda toshadi. Zeya GES dan quyiroqda va suv omborida kema qatnaydi. Zeya bo’yida Blagoveshchensk, Zeya, Svobodniy shaharlari bor.