Zigfrid kim?

Zigfrid (yoxud Sigurd) — Germaniya va Skandinaviya ko’psonli afsonalarining qahramoni bo’lib, u bizga Rixard Vagnerning «Reyn oltini», «Valkiriya», «Zigfrid», «Nibelunglar halqasi» singari ajoyib operalari orqali ko’proq tanish. Ularning librettosi (syujetlari) — o’rta asrlar german-skandinav aksariyat afsonalarining boshqacha bir tarzda qayta gavdalantirilishi. Tunkezar devlar, afsonaviy mavjudotlar bo’lmish Nibelunglar Reyn oltinini o’g’irlashadi va undan butun dunyoga hukmdor bo’lish maqsadida halqa yasaydilar. Qimmatbaho matohni Fafnir degan ajdarho qo’rib yotadi, ammo navqiron Zigfrid sehrli qilich madadida ajdarho-qorovul ishini hal qiladi. Navqiron oltin halqani oladi va uni yorug’lik devining qizi, Zigfrid deya otasining qirolligidan voz kechgan Brungildaga beradi. Lekin Nibelunglarning o’g’illari Xagen va Gyunter Zigrfridga sehrli sharbat ichirishadi va u o’z mahbubasini unutadi. Bundan jahli chiqqan Brungilda Gyunterga Zigfridni o’ldirishni buyuradi. Biroq tezda ko’zi ochiladi: Zigfrid sehrgarlik qurboni ekanligini bilib qolgan Brungilda gulxanda u bilan birga jon berish maqsadida mahbubi jasadi yoniga otiladi. Reyn suvlari qirg’oqlardan toshadi, gulxanni o’chiradi va halqani oqizib ketadi. Qizig’i shundaki, Vagner nafaqat operalarning musiqasini bastalagan, balki ularning librettolarini ham yozgan. Rixard Vagner operalarining ilk ijrosi 1876 yilga taalluqli. Ularni Vagner tomonidan mahsus qurilgan teatrda namoyish etishgan. Hozirga qadar unda har yoz Vagner festivali o’tkaziladi, bu anjumanda faqat eng yaxshi ijrochilar ishtirok etishadi.