ZIG’IRDOSHLAR

ZIG’IRDOSHLAR (Linaceae) ikki urug’pallalilar yoki magnoliyasimonlar sinfiga mansub bir yillik yoki ko’p yillik o’simliklar oilasi. Yer yuzida 6 turkumga mansub 250, O’zbekistonda 200 turi o’sadi. Gullari to’g’ri, ikki jinsli. Gultoj barglari ayri, ba’zan uchki qismi tutashgan. Tojbarglari, kosabarglari, urug’chisi, changchilari 4— 5 tadan. Mevasi dumaloq ko’sakcha. Barglari yakka joylashgan. Zig’irdoshlar turlari poyasining uzunligi, gullarining kattakichikligi va rangi, tukli va tuksiz bo’lishi, tarqalishi bilan bir-biridan farq qiladi. Zig’irdoshlar moy va tolasi uchun o’stiriladi. Yovvoyi turlari Farg’ona vodiysida, Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi tog’larda o’sadi.