Zijlar

Zijlar (forscha-bo’yra)-qadimgi astronomik jadvallar. O’rta asrlarda barcha astronomik rasadxonalar o’z oldiga Quyosh, Oy va oddiy ko’z bilan ko’rinadigan sayyoralarning yulduzlar orasidagi harakatlarini kuzatish, kuzatish ma’lumotlari asosida astronomik doimiylarning qiymatlarini hisoblab toppish; Oy va Quyosh taqvimlariga tegishli ma’lumotlarning jadvallarini tuzish; shuningdek, yulduzlarning koordinatalari, yirik aholi punktlari va shaharlarning geografik koordinatalarini aniqlab, ularni jadvallarda aks ettrirish kabi vazifalarni qo’yardi. Rasadxonalar faoliyatining katta qismi olingan kuzatish ma’lumotlari asosida jadvallar tuzishni taqozo qilardi. Bunday ko’p jadvallarni o’z ichiga olgan astronomik asarlar, odatda Zijlar deb yuritilardi. Jadvallarning tik (vertical) va yotiq (gorizontal) chiziqlari (sonlari bilan birga) bo’yrani eslatgani uchun ham, mazkur risolalar shunday nom bilan atalgan deb taxmin qilinadi. Fors olimlari qo’lyozmalarida Zijlar atamasi VII asrdan boshlab, Arab xalifaligida astronomiyaga oid mashhur. Zijlar IX asrdan boshlab uchraydi. VIII-IX asrlarda qariyb 100 ga yaqin Zijlar tuzilgani ma’lum.