ZIMBABVE

ZIMBABVE (Zimbabwe), Zimbabve Respublikasi (Republic of Zimbabwe) — Afrika Janubdagi davlat. Maydoni 390,76 ming kilometr kvadrat. Aholisi 11,5 million kishi (2001). Poytaxti — Xarare shahri. Ma’muriy jihatdan 8 viloyat (province) ga bo’linadi. Davlat tuzumi. Zimbabve — respublika. Avvalgi nomi — Janubiy Rodeziya. Britaniya Hamdo’stligi tarkibiga kiradi.1980 yilda mamlakat mustaqillikka erishgach, Zimbabve Respublikasi deb ataladigan bo’ldi. Amaldagi Konstitutsiyasi 1980 yilda qabul qilingan, unga 1987 va 1989 yillarda tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshlig’i — prezident (1987 yildan R. G. Zimbabve gerbi. Mugabe). U to’g’ri umumiy ovoz berish yo’li bilan 6 yil muddatga saylanadi va cheklanmagan marta qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyat bir palatali parlament. Uning vakolat muddati — 5 yil. Ijroiya hokimiyatni prezident bilan hukumat amalga oshiradi. Prezident hukumatga boshchilik qiladi, vitse-prezidentlarni va vazirlarni tayinlaydi. Tabiati. Zimbabvening katta qismini tokembriy kristall jinslaridan tuzilgan Matabele va Mashona platolari egallagan (eng baland joyi — Inyanga tog’i, 2596 metr). Hududi aksar qismining balandligi — 800-1500 metr. Platolar shimolda Zambezi daryosi vodiysiga, Janubda esa Limpopo daryosi vodiysiga zinapoyasimon pasayib tushadi. Foydali qazilmalari: xrom, litiy, temir, mis, qalay rudalari, oltin, toshko’mir, asbest. Ikqlimi mamlakatning shimol qismida ekvatorial mussoili, Janubda tropik passatli iqlim. Eng issiq oyi (yanvar) ning o’rtacha temperaturasi 21-27°; eng salqin oyi (iyul) niki 10-17°. O’rtacha yillik yog’in Janubi g’arbda 300-700 millimetrdan Inyanga tog’i Sharqiy etaklarida 1000-2000 millimetrgacha. Yirik daryolari: Zambezi, Limpopo va Sabi. Zambezi daryosining o’rta oqimida yirik Kariba suv ombori bor. Aksari qismi jigarrang tuproqli yerlarda o’sadigan savannalardan iborat, Janub quruq dashtlar. Hayvonot dunyosi xilma-xil: kiyik, buyvol, jirafa, zebra, fil, karkidon, sher, begemot, qoplon, sirtlon, bo’ri va boshqalar. Zimbabveda umumiy maydoni 26 ming kilometr kvadrat milliy bog’ va noyob hayvonlar saqlanadigan qo’riqxonalar bor. Yiriklari — Xvange, Matusadona, ViktoriyaFole, ManaPuls va boshqalar. Aholisining 90% Mashona va Matabele elatiga mansub afrikalik bantular; yevropaliklar, osiyoliklar ham bor. Shahar aholisi 26,4 %. Rasmiy tili — ingliz tili. Dindorlarning aksariyati xristianlar va mahalliy an’anaviy dinlarga ibodat qiluvchilar. Yirik shaharlari: Xarare, Bulavayo, Gveru, Kvekve, Kadoma, Mutare, Masvingo. Tarixi. Zimbabve hududidan topilgan qadimgi buyumlar (sopol idishlar, toshdan yasalgan mehnat qurollari) paleolit davriga taalluqli. 12-17 asrlarda bu yerda Monomotapa davlati mavjud bo’lgan. Arxeologik topilmalar (turar joylar, irrigatsiya inshootlari va boshqalar) buning dalili bo’la oladi. 16 asrda shu davlat portugal mustamlakachilarining xurujini qaytardi. 18 asrda Limpopo va Zambezi daryolari oralig’ida Mashona qabilasi hukmronlik qilgan. 19 asr 50—60 yillarida Zimbabvega ingliz mustamlakachilari bostirib kira boshladi. 1889 yil Angliya qirolichasi Viktoriya «Britaniyaning Janubiy Afrika kompaniyasi» («British Saut Afrika Kompani», 1888 yil S. Rode tomonidan tuzilgan) ga Zimbabve hududi ustidan ma’muriy rahbarlik qilish huquqini berdi. S. Rode tabele qabilasining oliy boshlig’i Lobenguladan foydali qazilmalarni qazib olish uchun ruxsatnoma ham oldi. 1893 yil ingliz qo’shinlari mamlakatni bosib oldi va uni Rode sharafiga Janubiy Rodeziya deb atay boshladi. Afrikaliklar mustamlakachilarga qarshi bir necha marta qo’zg’olon ko’tarib chiqishdi, ayniqsa 1896— 97 yillarda juda katta qo’zg’olon bo’lib, mustamlakachilar uni shafqatsizlik bilan bostirdi. 1923 yil Zimbabve «o’zini o’zi idora qiladigan» mustamlaka maqomini oldi. Og’ir ekspluatatsiya, soliqlar afrikaliklar tinkasini quritib, mustamlakachilarga qarshi g’azabini kuchaytirdi. 2-jahon urushidan so’ng mustamlakachilikka qarshi harakat avj olishi bilan Angliya hukumati 1953 yil Rodeziya va Nyasalend federatsiyasini tuzdi. 1963 yilga kelganda bu federatsiyaga putur yetib, mamlakatda ozodlik harakati avj ola boshladi. 1965 yil ozchilikni tashkil etgan yevropaliklardan tuzilgan Yan Smit hukumati ko’pchiliqdan iborat afrikaliklar huquqini poymol etib, Janubiy Rodeziyani «mustaqil» deb e’lon qildi. 1969 yil mamlakatda irqchilikni mustahkamlashga qaratilgan yangi «Konstitutsiya» qabul qilindi. Smit hukumatining siyosati afrikaliklarning qattiq qarshiligiga duchor bo’ldi. 1974 yil Milliy majlisga o’tkazilgan saylovni afrikaliklar boykot qildilar. 1974 yil dekabrda Lusaka (Zambiya)da Afrika Milliy kengashi, Zimbabve Afrika xalqi Ittifoqi, Zimbabve afrikaliklar milliy Ittifoqining rahbarlari Janubiy Rodeziya mahalliy aholisining tub manfatlarini ifoda etgan konstitusiya konferentsiya chaqirishni talab etdilar. Mazkur uchrashuv qatnashchilari kelishib, o’z tashkilotlarini birlashtirib, yagona partiya — Afrika Milliy kengashini tuzishga ahd qildilar. Janubiy Rodeziya mahalliy aholisining irqchilik tuzumiga qarshi ozodlik harakatini Afrika birdamligi tashkiloti, barcha taraqqiyparvar kuchlar quvvatladi. 1976 yilda tuzilgan hamda Afrika Milliy kengashi bilan Zimbabve Afrika xalqi ittifoqini o’z ichiga olgan Zimbabve vatanparvarlik fronti bu kurashning kuchayishiga ko’maklashdi. 1978 yilda Ya. Smit bilan afrikalik qo’g’irchoq arboblar o’rtasida «ichki ahvolni tartibga solish» to’g’risida bitim tuzildi. 1979 yil apr.da o’tkazilgan soxta saylov natijalarini xalqaro miqyosda hech kim tan olmadi. O’sha yil dekabrda Londonda bo’lib o’tgan konferentsiyada bo’lg’usi Konstitutsiya va saylov o’tkazish to’g’risida kelishib olindi. 1980 yildagi saylovda vatanparvar kuchlar g’alaba qozondi. 1980 yil 18 aprelda mustaqil Zimbabve Respublikasi e’lon qilindi. 1987 yilgi saylov ham shu kuchlar g’alabasi bilan yakunlandi. Zimbabve — 1980 yildan BMT a’zosi. Milliy bayrami — 18 aprel — Mustaqillik e’lon qilingan kun (1980). O’zbekiston Respublikasining mustaqilligini 1992 yil 27 yanvarda tan olgan. Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Zimbabve afrikaliklar milliy Ittifoqi — Vatanparvarlik fronti, 1963 yilda asos solingan; Zimbabve birligi harakati, 1989 yil tuzilgan; Zimbabve afrikaliklar milliy Ittifoqi, 1977 yil tashkil etilgan; Zimbabve konservativ uyushmasi, 1962 yilda asos solingan, 1984 yilgacha Rodeziya fronti, Respublika fronti deb atalgan; Birlashgan partiyalar, 1994 yilda tuzilgan. Zimbabve kasaba uyushmalari Kongressi — Birlashgan kasaba uyushma markazi. Ta’sis qurultoyi 1981 yil Fevral —martda bo’lib o’tgan. Xo’jaligi. Zimbabve Afrikaning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan mamlakatlaridan biri. Yalpi ichki mahsulotda sanoat 33%, qishloq xo’jaligi 19,5%ni tashkil etadi. 1991 yilda e’lon qilingan iqtisodiyot tarkibini qayta qurish dasturida davlat nazoratini kamaytirish, tashki savdo faoliyatini erkinlashtirish, foydadan olinadigan soliqni pasaytirish, erkin savdo mintaqalarini ochish ko’zda tutilgan. Sanoati. Mahsulot ishlab chiqarish va konchilik sanoati iqtisodiyotning asosini tashkil etadi. Bu tarmoqdar mahsulotining 90% eksport qilinadi. Sanoati oziq-ovqat, to’qimachilik, yog’ochsozlik, kimyo, avtomobil yig’uv, metallurgiya hamda konchilik tarmoqlaridan iborat. Gveru va Masvingo atrofida xromit, Zvishavani yaqinida asbest, Mxangurada mis, Shangani konlarida nikel, oltin qazib chiqariladi. Mahalliy ehtiyoj uchun toshko’mir va temir rudasi, qalay, kumush, volfram va boshqalar qazib olinadi. Energetikasi Zambezi daryosidagi Kariba GESdan va sanoat mintaqalaridagi issiklik elektr stansiyalaridan iborat. Yiliga o’rtacha 7,6 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalari Xarare va Bulavayo shlarida joylashgan. Kadomada to’qimachilik, Kvekveda qora metallurgiya korxonalari, Gveru, Kvekveda ferroxrom ishlab chiqarish, Kamativideteda qalay eritish va tozalash, Alyaskada mis zavodlari bor. Ferukdagi neft mahsulotlari zdi yaqin Sharqdan keltirilgan xom neftni qayta ishlaydi. Shervudblokdagi yirik Kt ammiak va nitratammoniy zavodlarini o’z ichiga oladi. Xarare, Tsenent va KollinBaukda tsement zavodlari bor. Qishloq xo’jaligi. Asosiy ekinlari: makkajo’xori (ekinzorlarning 60— 70%), paxta, tariq, oq jo’xori, yer yong’oq, sholi. Shimoliy Sharqiy, shimoliy g’arbiy viloyatlarida, Markaziy hamda Sharqiy Mashonalend va Masvingodagi tovar mahsulot ishlab chiqaruvchi xo’jaliklarda tamaki, Kadoma, Chinxoyi va Mxangura hududida paxta, shim.G’arbdagi Chirundu hududida va mamlakat Janubi sharqida shakarqamish yetishtiriladi. Chorvachilikda, asosan, go’shtbop qoramol boqiladi. Mamlakat Janub va markazi eng muhim intensiv chorvachilik hududidir. O’rmonzorlarning asosiy qismi mamlakatning g’arbida bo’lib, ko’p miqdorda yog’och tayyorlanadi. Transporti. Eng muhim transport turi — temir yo’l. Uning uzunligi 12,8 ming kilometr, avtomobil yo’llari uzunligi 85,2 ming kilometr. Neft quvurlari uzunligi 288 kilometr. Xarareda xalqaro Kentukki aeroporti bor. Zimbabve chetga tamaki, oltin, ferroqotishma, paxta, asbest, nikel, mis rudalari, kandshakar, mol go’shti va boshqalar sotadi. Chetdan mashinalar, transport uskunalari, kimyo sanoati mahsulotlari, xom ashyo va yoqilg’i sotib oladi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: JAR, Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSh, Italiya, Yaponiya va Afrikadagi qo’shni mamlakatlar. Pul birligi — Zimbabve dollari. Sog’liqni saqlash. Zimbabveda davlatga qarashli va xususiy davolash muassasalari mavjud. Mamlakat mustaqillikka erishgandan keyin go’daklarning nobud bo’lishini, yuqumli kasalliklarni kamaytirish, xalq sihat-salomatligini yaxshilash chora-tadbirlari qurila boshladi. Shifokor va hamshiralar Xarare universiteti kolleji huzuridagi tibbiyot maktabida tayyorlanadi. Maorifi, madaniy-ma’rifiy va ilmiy muassasalari. Mustaqillik arafasida aholining 75% savodsiz edi. 1981 yildan majburiy boshlang’ich ta’lim joriy qilindi. Katta yoshdagi aholi o’rtasida savodsizlikni tugatish harakati kuchaytirildi. 80 yillarda quyidagi maorif tizimi karor topdi: 5-6 yoshli bolalar uchun maktabgacha sinflar; 7 yoshdan 7 yillik boshlang’ich maktab; 6 yillik o’rta maktab. Hunartexnika ta’limi boshlang’ich maktab negizida hunar bilim yurtlarida amalga oshiriladi. Boshlang’ich maktab o’qituvchilari pedagogika bilim yurtlari va kollejlarda tayyorlanadi. Xarareda o’rta maktablar uchun o’qituvchilar tayyorlaidigan yangi pedagogika kolleji ochilgan. Xararedgi Zimbabve universitetining 9 fakultetida 3 mingdan ortiq talaba ta’lim oladi, 564 o’qituvchi dars beradi. Universitet huzurida institutlar, shu jumladan Pedagogika instituti, bir necha kollej bor. Yirik kutubxonalari: Xararedagi Zimbabve universitetining kutubxonasi, parlament kutubxonasi, qirolicha Viktoriyaning memorial kutubxonasi, Bulavayoda Zimbabve Milliy kutubxonasi, ommaviy kutubxona va boshqalar. Muzeylari: Xarare va Bulavayodagi Zimbabve Milliy muzeylari, Xararedagi Zimbabve Milliy galereyasi, Gverudagi tarix muzeyi, Mugaredagi arxeologiya, tarix, etnografiya muzeylari. Xarareda qishloq xo’jalik sohasidagi tadqiqotlar kengashi (uning tarkibida 7 institut va 8 tadqiqot hamda tajriba stansiyasi), shuningdek, gerbariy va botanika bog’i, veterinariya ilmiy tadqiqot laboratoriyasi, O’rmontexnika tadqiqot markazi, ob-havoni o’rganish xizmati, Geologiya xizmati, Zimbabve ilmiy kengashi, Tamakishunoslik tadqiqot markazi, paxtachilik tadqiqot markazi, bir qancha ilmiy jamiyat va uyushmalar bor. Matbuoti, radioeshittirishi, teleko’rsatuvi. Asosiy gaz. va jurnallari: «Gerald» («Xabarchi» ingliz tilidagi kundalik gazetasi, 1891 yildan), «Kronikl» («Voqealar», ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1894 yildan), «Sandi meyl» («Yakshanba xabarnomasi», ingliz tilidagi yakshanbalik gazetasi, 1935 yildan), «Faynenshl gazett» («Moliyaviy gazeta», ishbilarmon doiralarning ingliz tilidagi haftanomasi, 1970 yildan), «Zimbabve Nyus» («Zimbabve yangiliklari», ingliz tilidagi oylik jurnali, 1974 yildan), «Zimbabve gavernment gazett» («Zimbabve hukumat gazetasi», ingliz tilidagi haftanoma). Zimbabve Afrikaaro axborot agentligi (ziana) 1981 yildan faoliyat ko’rsatadi. Zimbabve radioeshittirish korporatsiyasi — davlat radio va teleko’rsatuv xizmati 1964 yilda tuzilgan. Adabiyoti. Zimbabve adabiyoti ingliz tilida, shuningdek, shona va matebele tillarida rivojlanmoqda. Shona va matebele xalkdarining qadimgi boy folklor an’analari bor. Afsonalar, ertaklar, qo’shiqlar, maqollar xalq tarixi va donishmandligini ifodalaydi. 1957 yilda S. Mutsvayroning «Fezo» kitobi chiqquncha, asosan, oq tanli yozuvchilarning 19 asr oxirida vujudga kelgan ingliz tilidagi adabiyoti haqidagina gapirish mumkin. Oq tanli yozuvchilar asarlarining asosiy mavzui dastlabki kelgindilarning hayoti va sarguzashtlari edi. Ayrim asarlardagina ijtimoiy ohanglar yangraydi. A. Sh. Kripe «G’amgin Diyor» (1911) va «Sohil daraxtlari yurti» (1913) romanlarini tub joy aholiga xayrixohlik bilan yozgan. 50-yillar oxiriga kelib mahalliy tillarda lotin alifbosidagi asarlar paydo bo’ldi. Afrikalik yozuvchilar an’anaviy turmush tarzi bilan zamonaviy — yevropalashgan turmushning to’qnashuvlari haqida yozadilar. Mustaqillik e’lon qilingach, adabiyot rivojlana boshladi. Afrikalik yozuvchilar zamonaviy badiiy janrlar — roman, qissa, hikoyalarga murojaat etmoqdalar. Ch. Mungoshining «Yomg’ir yog’a qol» romanida afrikalik dehqonlarning nochor ahvoli tasvirlangan. V. Katiyoning «yer farzandi» romanida yoshlarning qarshilik harakatiga qo’shilishi, irqchilik tartiblariga qarshi kurashi ifodalangan. Me’morligi va tasviriy san’ati. Zimbabvening turli joylarida paleolit davriga mansub qoya rasmlari saqlangan. Rasmlarda odam va hayvonlar, Zimbabve xalqlarining urfodatlari aks ettirilgan. Gematitdan yasalgan dunyodagi birinchi «Qalam» — qo’ng’ir va qizg’ish tayoqchalar Matopo tog’idagi Bambata g’oridan topilgan. 19- asr Monomotapa davlati (14-17-asrlar) madaniyati taraqqiyoti qoldiqlari — Zimbabve, Inyanga majmualari, Dxlo-Dxlo, kami kabi tosh istehkomlari xarobalari topilgan. Qalin granit devorlar, qushlar tasvirlangan tosh ustunlar, sopol idishlarning qoldiqlari saqlangan. Zimbabve qishloqlarining tarhlari qadimgi majmualarni eslatadi (turar joy va xo’jalik binolari paxsa devor bilan o’ralgan). Turar joylar orasida tomi konussimon aylana kulbalar ko’p. 19 asr oxirlaridan shaxmat taxtasi shaklida loyihalashtirilgan kam qavatli g’isht binolardan iborat shaharlar qurildi. 1950 yillardan keyin Xarare, Bulavayo va boshqa shaharlarda zamonaviy ko’p qavatli binolar qurila boshladi. Keyingi yillarda 20-30 qavatli ma’muriy binolar qad ko’tardi. Badiiy hunarmandchilikdan yog’och o’ymakorligi, kulolchilik (geometrik naqsh bilan ziynatlangan hurmacha, ko’zalar), savat to’qish taraqqiy etgan. 20-asrning 60-yillarida professional tasviriy san’at vujudga keldi. Rassomlar orasida kishilarga va o’z vatani tabiatiga muhabbat ifodalangan realistik asarlarning mualliflari S. Songo, J. Ndandarika, T. Mukarobgvalar ajralib turadi. Haykaltaroshlar (T. Dube, Y. Likoto, B. Mteki) Afrika haykaltaroshligiga xos timsollarni va an’anaviy xususiyatlarni saqlashga harakat qiladilar. Zimbabveda rassomlik, haykaltaroshlik, amaliy san’at asarlari ko’rgazmalari muntazam tashkil etiladi. Musiqasi. Zimbabvening musiqiy madaniyati turli xalqlarning, asosan, shonlarning musiqa san’atini o’z ichiga oladi. Musiqa an’analari Zimbabve, so’ngra esa Monomotapa davlati qadimgi madaniyati bilan chambarchas bog’liq. Bu davlatning ijtimoiy turmushida marombe deb atalgan saroy xonanda va sozandalari muhim rol o’ynagan. Nayni eslatuvchi va torli mbira, kalimba, chipendani, chimazambi, chitembe sozlari, nog’oraga o’xshash baraban keng rasm bo’lgan. Shonlarning musiqiy madaniyatida ko’pchilik bo’lib qo’shiq ijro etish (xorlar, cholg’u ansambllari) ustunlik qiladi. 20-asr 2-yarmidan afro-yevropacha o’ziga xos uslublar ommalashdi. Musiqa masalalari bilan, asosan, san’at ishlari kengashi shug’ullanadi. Zimbabveda Xarare va Bulavayo musiqa kollejlari bor. Teatri. Mustamlakachilik davrida yevropaliklarning bir necha havaskorlik teatr birlashmasi bor edi. 1950-yillar oxiridan tub joy aholi orasida teatr havaskorlik san’ati rivojlana boshladi. 1961 yilda zulularning teatr guruhi Solsberi (Xarare)da U. Shekspirning «Makbet» asarini sahnalashtirdi. «Umabata» nomi bilan qo’yilgan bu asar voqealari Zululendda sodir bo’lgan, deb talqin etildi. Unda afrikaliklarning ohanglari va raqslaridan foydalanildi. 1980-yillardagi yangi pyesalar (T. K. Tsodzoning shon tilidagi «Shanuko», B. Chidyamatambaning «Zimbabve ovozi» va boshqalar) da eng muhim ijtimoiy muammolar ko’tarildi, ijtimoiy tengsizlik, zolimlarning muttahamligi, qabilaviy bid’atlar fosh etildi. O’tmish sarqitlarini fosh etuvchi «Mukadet oilasi» teleserialining muallifi va ijrochisi S. Madzikatire ayniqsa mashhur bo’ldi. Zimmiy, Ahl azzimma (Arabcha— musulmonlar himoyasidagi aholi) — o’rta asr Arab xalifaligidagi musulmon bo’lmagan xalqlar (asosan, yaxudiy va xristianlar). Zimbabvelar bilan tuzilgan shartnomata ko’ra, Arab qo’mondonligi ularning mol-mulki va o’zlarining dahlsizligini himoya etgan hamda diniy urf-odatlariga ijozat bergan. Buning evaziga Zimbabvelar davlat xazinasiga jizya va xiroj to’lab turishgan. Zimbabve atamasi dastlab Muhammad (sav)ning Arab qabilalariga yuborgan nomalarida (629-630 yillar) va Qur’onning 9 surasida uchraydi. 11 asrda almavardi Zimbabve rioya qilishi lozim bo’lgan 6 majburiy va maqbul shartni bayon etgan: Muhammadni, musulmonlar dinini yomonlamaslik, musulmon ayollarga tegajog’lik qilmaslik va ular bilan nikohda bo’lmaslik, musulmonlarni boshqa dinga o’tishga og’dirmaslik, musulmonlar bilan jang qilayotgan tomonga yordam bermaslik. Zimbabvening bu shartlardan birortasiga rioya qilmasligi uni homiylikdan mahrum etadi, qonundan tashqari holatga qo’yadi. Maqbul shartlar: kiyimda musulmonlarnikidan ajratib turuvchi belgilar bo’lishi, musulmonlar uyidan baland uy qurmaslik, musulmonlar bor joyda o’zining muqaddas kitobini baland ovozda o’qimaslik, ular oldida sharob ichmaslik, oshkora ravishda xoch taqmaslik va cho’chqa boqmaslik, marhumlarini imijimida dafn qilish, zotli ot va tuyalar minmaslik. Bu shartlar tuzilgan shartnomaga kiritilgan bo’lsagina ular majburiy edi, ularni buzish Zimbabveni homiylikdan mahrum qilish uchun asos bo’la olmasdi, lekin jazolanishi kerak edi. O’rta asrda boshqa dinga e’tiqod qiluvchilar ilk islomdagiga qaraganda ko’proq siquvga olingan bo’lsada, tashqi siyosiy va harbiy omillar ta’sir qilgan vaqtlardan boshqa paytlar musulmonlarning Zimbabvega munosabati toqat qilarli darajada edi. Orqasida hech qanday tashqi kuch turmagan yahudiylarning ahvoli bir muncha yaxshi bo’lgan. 19-asrda Yevropa davlatlari Usmon imperiyasida xristianlarning ahvoli haqidagi masaladan imperiyaning ichki ishlariga aralashish uchun bahona sifatida foydalandi, xristianlar esa o’zo’zidan ular ta’sirini o’tkazuvchilarga aylanib qoldi. Natijada xristianlarga munosabat yomonlashib Suriya va Livanda 1860 yil qonli to’qnashuvlar kelib chiqdi. Hozirgi kunda Zimbabve tushunchasi amalda emas, musulmon mamlakatlarida turli dinga e’tiqod qiluvchi fuqarolar umumiy qonunga bo’ysunadilar.