ZINA

ZINA, zinapoya — 1) bino va inshootlarning yuqoriga chiqib pastga tushiladigan pog’onali qismi. Vazifasiga qarab 3 xili bo’ladi: asosiy Zina — qavatlarga chiqib tushiladi; yordamchi Zina — yong’in, suv toshqini, ta’mirlash ishlari vaqtida kerak bo’ladi; qo’shimcha Zina — yerto’laga tushiladi, chordoqqa chiqiladi. Zina lar bino va inshootlarni bezaydigan me’morlik elementi ham hisoblanadi. U istirohat bog’lari, ochiq maydonlarga ham ko’rk berib turadi. Yodgorliklar poyiga ham Zina qilinadi. Zina lar g’ishtdan, temir-betondan, taxtadan, metaldan qilinishi mumkin. G’ishtin va temirbeton Zina lar sirti koshinlar va marmar bilan qoplanadi. Eskalator Zina lari dvigatel yordamida harakatlanib turadi. Turar joy binolarida Zina larning qiyaligi muhim ahamiyatga ega: Zina qancha yotiqroq bo’lsa, shuncha yaxshi, lekin uning qiyaligi 45° dan oshmasligi lozim. Agar Zina bilan chiqiladigan joy ancha baland bo’lsa Zina bir necha marshga (bo’lakka) bo’lib quriladi. Har bir marshda kamida 3 ta, ko’pi bilan 10 ta zinapoya bo’lishi kerak. Zinapoya marshining eni 90 santimetrdan tor bo’lmasligi lozim. Oddiy Zina qurishning iloji bo’lmagan joylarda (masalan, joy yetarli bo’lmaganda) vintsimon Zina lar quriladi. Ko’pincha, bunday Zina lar metalldan yasaladi. Vintsimon Zina ning diametri kamida 2 metr bo’lishi kerak. Zina bandi (qo’l ushlab chiqiladigan to’siq) ning balandligi 1 metr atrofida qilinadi.