ZINOVYEV GEORGIY VASILEVICH

ZINOVYEV GEORGIY VASILEVICH (1877, Sankt-Peterburg — 1934, Moskva) — Turkistonda sovet rejimi o’rnatishda faol qatnashgan harbiy arbob. 1918-21 yillarda Turkiston armiyasi va Z Turkiston o’qchi diviziyasi, Farg’ona armiyasi qo’mondoni hamda Turkiston fronti inqilobiy harbiy kengashi a’zosi sifatida istiqlolchilarga qarshi kurashni uyushtirdi. Buxoro bosqini (1920 yil avgust— sentabr) ni uyushtirishda M. V. Frunzening eng yaqin yordamchisi bo’lib, qizil armiya qo’shinlariga bevosita qo’mondonlik qildi. 1920 yil oktabrda Zinovyev boshchiligida 31000 kishilik qizil armiya Farg’ona vodiysidagi istiqlolchilarga qarshi tashlandi. Istiqlolchilik harakatining rahbarlari bilan muzokaralar paytida bir guruh qo’rboshilar uning buyrug’i bilan qo’lga olinib, xiyonatkorona ravishda otib tashlandi (1921). Zinovyev keyinchalik O’rta Osiyo harbiy okrugi qo’mondonining o’rinbosari va boshqa lavozimlarda ishladi. Ad :. Rajabov Q. K., Mustaqil Turkiston fikri uchun mujodalalar, T., 2000; Turkestan v nachale XX veka: K istorii istokov nasionalnoy nezavisimosti, T., 2000.