ZLOBIN YEVGENIY KONSTANTINOVICH

ZLOBIN YEVGENIY KONSTANTINOVICH (1898.21.1, Saratov shahri— 1959.7.12, Toshkent) — O’zbekiston xalq artisti (1955). Sahna faoliyatini 1918 yil Saratov teatrida boshlagan. Tbilisi, Boku, Qozon, Samara teatrlarida ishlagan. 1938 yildan Gorkiy nomidagi Toshkent teatri aktyori. Zlobin komediya janridagi va dramatik rollarning mohir ijrochisi sifatida tanilgan. Eng yaxshi rollari: Firs («Olchazor»), Mamayev («Har to’kisda bir ayb»), Karaulov («Begona bola»), Zemlyanika («Revizor»), Shmaga («Aybsiz aybdorlar»), Ivan Ivanovich («Katta muhabbat») va boshqalar.