ZOHIDOV HAKIM ZOHIDOVICH

ZOHIDOV HAKIM ZOHIDOVICH (1912. 18. 9 — Toshkent — 1978.7.10) — anatom, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1973), tibbiyot fanlari Doktori (1959), professor (1961), SamTI ni tugatgan (1935). Samti (1942-45), Toshti (1945-47) rektori, O’zbekiston sog’liqni saqlash vaziri (1947-51). Toshti anatomiya kafedrasi mudiri (1956— 61), professor. 1972 yildan O’rta Osiyo tibbiyot pediatriya intida normal anatomiya kafedrasi mudiri. Markaziy nerv sistemasining ayrim sohalarini, odamning yoshiga xos tuzilishini o’rgangan. Lotincha-O’zbekcha-ruscha normal anatomiya lug’ati (T., 1964; A.A. Asqarov bilan birgalikda); ruscha-o’zbekcha-lotincha normal anatomiya lug’atini (T., 1971; A. A. Asqarov bilan birgalikda) tuzgan. Gazeta va jurnallarda ocherk, hikoya, feleton, she’rlari bilan qatnashgan.