ZOMAN

ZOMAN — metilftorfosfonat kislotaning pinakolil efiri, nervni falajlaydigan zaharlovchi modda. Rangsiz, kamfora hidli suyuqlik. Suyuqlanish temperaturasi — 80°, qaynash temperaturasi 190° (ajralish bilan); zichligi 1013 kg/ m3, 20°da uchuvchanligi 3 mg/l. Suvda oz (20°da 1,5%), spirt, keton, efir va alkilgalogenidlarda yaxshi eriydi. Zoman organizmga (ko’proq teri orqali) kuchli ta’sir qiladi. Undan zaharlanish belgilari Zya/shkdagiga o’xshash. Zoman suv ta’sirida sekin, ammiak va aminlarning suvdagi eritmalarida tez gidrolizga uchraydi. Shu sababli bu reaktsiyalardan Zomanni degazatsiyalashda (zararsizlantirishda) foydalanish mumkin. Zomandan saqlanish uchun protivogazlar, tanani himoya qiladigan vositalar va antidotlardan foydalaniladi. Zoman ilk bor zaharlovchi modda sifatida 1944 yil Germaniyada sintez qilingan.