ZOOSIDLAR
ZOOSIDLAR (Zoo… va lotincha caeda — o’ldiraman, yo’qotaman) — qishloq xo’jalik zararkunandalari, asosan, kemiruvchilar (Rodentisidlar), kalamushlar (ratitsidlar) va qushlar — kaptarlar, chumchuqlar, g’urraklar (avisidlar)ga qarshi kurashda qo’llaniladigan kimyoviy preparatlar. Pestisidlar guruhiga kiradi. Aksariyat hollarda ichdan ta’sir ko’rsatadigan pestisidlar zaharli xo’rak tarzida qo’llaniladi.