Zulfiya nomidagi davlat mukofoti

Zulfiya nomidagi davlat mukofoti – O’zbekiston Respublikasining Davlat mukofotlaridan biri. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo’yicha takliflarni qo’llab-quvvatlash to’g’risida” 1999 yil 10 iyundagi farmoniga binoan ta’sis qilingan. Maktab, litsey, kollej va oliy o’quv yurtlarida a’loq xulqi, zukkoligi, donoligi, tashabbuskorligi, o’qishdagi muvaffaqiyatlari bilan alohida iste’dodini namoyon qilib ta’lim olayotgan, istiqlol g’oyalarini amalga oshirish yo’lida astoydil mehnat qilayotgan 25 yoshgacha bo’lgan iqtidorli qizlarga adabiyot, madaniyat, san’at, fan, ta’lim sohalaridagi alohida yutuqlari uchun beriladi.