Marka

Marka (nemischa Marke-chegara, chegara viloyati)-1) o’rta asrlarda G’arbiy Yevropada qo’ni-qo’shni jamoa. Unda haydaladigan yer Marka a’zolarining xususiy mulki bo’lib, yaylov, o’rmon va boshqa joylar umumiy mulk hisoblangan; 2) VIII-IX asrlarda Franklar davlatida, o’rta asrlarda Germaniyada markgraf boshchiligida mustahkamlangan ma’muriy chegara okrugi. Dastlabki Markalar Buyuk Karl tomonidan tuzilgan: Ispan Markasi (Shimoliy Ispaniyadagi arablardan himoyalanish uchun). Breton Markasi, Daniya Markasi (daniyaliklardan himoyalanish uchun), Saksoniya Markasi (obodritlardan himoyalanish uchun), Tyuring Markasi (sorblardan himoyalanish uchun), Frankoniya Markasi (chexlardan himoyalanish uchun), Avar Markasi (avarlardan himoyalanish uchun), Yuqori Pannoniya Markasi, Quyi Pannoniya Markasi, Friul Markasi, Buyuk Karl vorislari tomonidan tuzilgan Markalar; Fransiyada Septimaniya Markasi, Got Markasi, Flandriya Markasi, Provans Markasi, Neystriya Markasi; Germaniyada Shlezvig Markasi, Billunlar Marka, Sharqiy Saksoniya Markasi (Gero Markasi), Shimoliy Marka (Shimoliy Saksoniya Markasi), Brandenburg Markasi, Sharqiy (Bavariya) Marka (keyinchalik Avstriya Markasi), Karantan Markasi, Karniol Markasi; Italiyada: Verona Markasi, Spoletiya Markasi, Ivreya Markasi, Turin Markasi, Toskaniya Markasi, Annona Markasi, Kanoss Markasi, Treviziya Markasi, Monferrat Markasi.